Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rus xakerlari ukrain kompaniyasining ma’lumotlarini qo‘lga kiritdi
14.01.2020 18:15,  
341

Ukrainaning gaz kompaniyasi Burisma Holdings rossiyalik xakerlar tomonidan hujumga uchragani aytilmoqda. Bu haqda kiberxavfsizlikka aloqador Area 1 Security shirkatiga tayanib Associated Press nashri xabar bermoqda.

Mutaxassislarga ko‘ra, hujumlar 1 noyabrda boshlangan va u muvaffaqiyatli yakunlangan. Biroq ular aynan nima izlashgani va qanday ma’lumotlarni qo‘lga kiritishganini mutaxassislar aniqlay olmagan.

Associated Press kiberhujum vaqtiga asoslanib, rus xakerlari AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden va uning o‘g‘li Hanterga qarshi ayblov dalillarini qidirayotganliklarini aytmoqda. Kichik Bayden 2014 yildan beri Burisma Holdings a’zosi hisoblanadi.

Arena 1 Security Burisma Holdings hamda 2016 yildagi AQSh prezidentlik saylovlarida Hillari Klinton saylov shtabiga nisbatan amalga oshirilgan xakerlik hujumlari bitta guruh — Rossiya harbiy razvetkasi bilan aloqador guruh tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblamoqda.

Jo Bayden navbatdagi saylovlarda demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda. Amaldagi prezident Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbat chog‘ida Baydenlarga aloqador Burisma Holdings'ni tilga olib o‘tgan edi. Ushbu telefon suhbati prezidentga nisbatan impechment boshlanishiga sabab bo‘lgan edi.

Impechment Kongress Vakillar palatasi tomonidan e’lon qilindi va ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi.

Mavzuga doir: Milliarder Blumberg saylovoldi tashviqotlar uchun $1 mlrd sarflashga tayyor

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан