Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple 13 mlrd. yevro to‘lanmagan soliq bo‘yicha sudda yutib chiqdi
15.07.2020 19:30,  
99

Irlandiya sudida Amerikaning Apple shirkati 13 milliard yevro hajmidagi soliqlarni to‘lash bo‘yicha Yevropa Komissiyasiga qarshi ishda g‘alaba qozondi. Sud Yevropa Komissiyasining Irlandiyaga Apple soliq imtiyozlarini noqonuniy ravishda berganligi to‘g‘risidagi da’vosini yetarli dalillarga ega emas deb topdi.

2016 yil avgust oyida Yevropa Komissiyasi Irlandiya Apple filiallariga noqonuniy soliq imtiyozlari berganligini xabar qildi va kompaniyadan 13 milliard yevro to‘lashini talab qildi.

Komissiya tushuntirishicha, Irlandiya Apple'ga "yillar davomida boshqa kompaniyalarga qaraganda ancha kam soliq to‘lashga" ruxsat bergan. 2003 yilda Amerika kompaniyasiga Yevropada topayotgan foydasidan 1 foiz miqdorida korporativ soliq stavkasini belgilagan, 2014 yilda esa soliq 0,005 foizga tushgan. Standart korporativ soliq stavkasi 12,5% ni tashkil qiladi.

Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq, ayrim mamlakatlarning soliq organlari tanlangan kompaniyalarga soliq imtiyozlarini berishga haqli emas, chunki bu noqonuniy davlat yordami deb hisoblanadi.

Apple kompaniyasining himoya da’vosi shundan iboratki, uning Irlandiyadagi filiallari rivojlanmagan, barcha tegishli soliqlar AQShda to‘langan va YeI orqa sanadagi soliq qonunlarini o‘zgartirgan.

Sud Yevropa komissiyasi Apple uchun soliq rejimi davlat yordami ekanligini isbotlay olmadi, deb qaror chiqardi. Yevropa komissiyasining ikki oy ichida ular shikoyat qilishlari va ishni Yevropa sudiga topshirishlarini talab qilishlari mumkin.

Sud qaroridan keyin Apple'ning bozordan tashqaridagi kotirovkalari 2.4% ga oshdi. Bu Amerika kompaniyasini bugungi kunda dunyoning eng qimmat kompaniyasi bo‘lgan Saudi Aramco neft shirkati kapitallashuviga yaqinlashtiradi.

Sud qarori Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli monopoliyaga qarshi siyosatiga va uning rahbari - "korporativ chaqmoq" Margret Vestagerga zarba beradi. U doimiy ravishda YeI mamlakatlarining alohida moliyaviy bitimlariga qarshi chiqmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Ushbu holat Yevropa Ittifoqi uchun muhimdir, chunki bu Bryusselning kompaniyalar tomonidan soliqlarni optimallashtirish borasidagi siyosatiga ta’sir qiladi, deya ta’kidlaydi CNBC. Vaziyat, ayniqsa, koronavirus inqirozi davrida, hukumatlar yangi daromad manbalarini izlayotgan paytda keskinlashdi.

Soliq imtiyozlari bo‘yicha Apple Yevropa Ittifoqi bilan sudlashayotgan yagona shirkat emas. Yevrokomissiya Amerikaning yana bir gigant shirkati Amazon'ni Lyuksemburgda soliq imtiyozlaridan noqonuniy foydalanayotgani bo‘yicha da’vo bilan chiqib, undan 250 million yevro undirishni talab qildi. YeIning Google bilan masalasi ham shunday. 2016 yil yanvar oyida Amerika korporatsiyasi Buyuk Britaniya hukumatiga 185 million dollar soliq to‘lashga rozi bo‘ldi, bir oy o‘tgach, Fransiya rasmiylari Google'dan 1,6 milliard yevro miqdorida soliq to‘lashni talab qilishdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан