Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple arzonroq AirPod ishlab chiqaradi
12.02.2020 19:27,  
194

Apple arzon narxlardagi AirPod’larni yaratadi. Mashhur eshitish vositalarining arzonroq versiyasi AirPods Pro Lite deb nomlanadi. Ular kamroq pul evaziga faol shovqinni kamaytirishni taklif qilishlari mumkin, deb xabar beradi DigiTimes.

Portalga ko‘ra, quloqchinlar an’anaviy AirPod’larga parallel ravishda ishlab chiqarilishi yoki hozirgi AirPod’larni to‘liq almashtirilishi mumkin.

Biroq, yangi mahsulotni qachon ishlab chiqarilishi hozircha noma’lum: koronavirusning tarqalishi xom ashyo etishmasligi va komponentlarni yetkazib berishda uzilishlar xavfini oshirdi. Ushbu muammo allaqachon yangi iPhone modelining chiqarilishiga xalal berib ulgurgan.

Yangi quloqchinlar maxsus Pro-seriyalarga tegishli ekanligini hisobga olib, ular faol shovqinni kamaytirish funksiyasiga yoki AirPods Pro bilan bir xil dizaynga ega bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан