Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple eski ayfon egalariga $500 mln to‘lab beradi
3.03.2020 17:02,  
891

iPhone’larning dasturiy ta’minoti yangilanishi tufayli qasddan ishlash tezligini pasaytirgani uchun AQShning Apple shirkati har bir ayfon uchun 25 dollardan to‘lab beradi deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Ushbu dasturiy ta’minot yangilanishi eski iPhone modellari batareykalari ishlab chiqarish vaqtiga to‘g‘ri proporsional, ya’ni batareyka qancha eski bo‘lsa, yangilangan qurilma shuncha sekin ishlaydi.

iPhone 6, 6 Plus, 6s, 6s Plus, 7, 7Plus hamda SE qurilmalari iOS’ning 10.2.1 va undan yuqori versiyalarida yangilangach, sekin ishlashni boshlaydi.

2012 yilda ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi: Apple antenna dizayni tufayli iPhone 4da davriy aloqani yo‘qotgani uchun 15 dollardan to‘lagan va ayfon egalariga bepul qoplagich (chexol)larni taqdim qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан