Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max: modellar o‘rtasidagi farq nimada?
14.10.2020 11:09,  
381

Kecha Apple kompaniyasi o‘zining «Salom, tezlik» («Hi, Speed») deb nomlangan marosimini o‘tkazdi. Marosim davomida kompaniya, kutilganidek, yangi avlod iPhone smartfonlarini taqdim qildi.

Yaxshi xabardorsiz, Apple kabi kompaniyalar oldinlari yiliga faqat bitta yoki ikkita flagman smartfon taqdim qilar va shu bilan chegaralanar edi. Ammo birinchi avlod iPhone taqdim qilinganidan buyon 13 yil o‘tdi va iste’molchi talabi mana shu davr oralig‘ida keskin o‘zgardi. Kompaniyalar ham shunga moslashdi. Shu sababdan ham, Apple kabi yirik brendlar turli texnik jihatlar, hajm va narxga ega bir necha modellarni taqdim etmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan marosimda kupertinolik kompaniya jami to‘rtta smartfon: iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max'larni ommaga namoyish qildi. Smartfonlar narxi 699 dollardan 1,099 dollargacha.

Taqdim qilingan barcha smartfonlarning umumiy jihatlari qatoriga 5G aloqasi, yangicha MagSafe magentli konnektori, OLED displey va A14 chipi kiradi. Smartfonlar bu yilgi iPad Pro bilan bir xil dizaynga ega.Qurilmalar bir-biridan hajmi, kameralari va xotira sig‘imi borasida farqlanadi. Quyida bunga batafsil to‘xtalamiz.

iPhone 12

  • Qo‘sh kamera: 12MP keng (asosiy) va ultrakeng;
  • Video yozuv: Dolby Vision HDR, 30 kadr/sekund;
  • Akkumulyator avtonomligi: 17 soat video tomoshasi;
  • Displey: Super Retina XDR, 6.1 dyuym;
  • Suvga chidamlilik: 6 metr/30 daqiqa;
  • Ekran rezolyusiyasi: 2532x1170 (460 piksel/dyuym);
  • Xotira: 64/128/256GB;
  • Chip: A14 Bionic;
  • Korpus mahsuloti: alyuminiy;
  • Ranglar: ko‘k, yashil, qizil, oq, qora;
  • Narxi: 799 AQSh dollari.

iPhone 12 mini

  • Qo‘sh kamera: 12MP keng (asosiy) va ultrakeng;
  • Video yozuv: Dolby Vision HDR, 30 kadr/sekund;
  • Akkumulyator avtonomligi: 13 soat video tomoshasi;
  • Displey: Super Retina XDR, 5.4 dyuym;
  • Suvga chidamlilik: 6 metr/30 daqiqa;
  • Ekran rezolyusiyasi: 2340x1080 (476 piksel/dyuym);
  • Xotira: 64/128/256GB;
  • Chip: A14 Bionic;
  • Korpus mahsuloti: alyuminiy;
  • Ranglar: ko‘k, yashil, qizil, oq, qora;
  • Narxi: 699 AQSh dollari.

iPhone 12 Pro

  • Uchtalik kamera: 12MP keng (asosiy), ultrakeng va telefoto;
  • Video yozuv: Dolby Vision HDR, 60 kadr/sekund;
  • Akkumulyator avtonomligi: 17 soat video tomoshasi;
  • Displey: Super Retina XDR, 6.1 dyuym;
  • Suvga chidamlilik: 6 metr/30 daqiqa;
  • Ekran rezolyusiyasi: 2532x1170 (460 piksel/dyuym);
  • Xotira: 128/256/512GB;
  • Chip: A14 Bionic;
  • Korpus mahsuloti: zanglamas po‘lat;
  • Ranglar: ko‘k, oltinrang, oq, qora;
  • Narxi: 999 AQSh dollari.

iPhone 12 Pro Max

  • Uchtalik kamera: 12MP keng (asosiy), ultrakeng va telefoto;
  • Video yozuv: Dolby Vision HDR, 60 kadr/sekund;
  • Akkumulyator avtonomligi: 20 soat video tomoshasi;
  • Displey: Super Retina XDR, 6.7 dyuym;
  • Suvga chidamlilik: 6 metr/30 daqiqa;
  • Ekran rezolyusiyasi: 2778x1284 (458 piksel/dyuym);
  • Xotira: 128/256/512GB;
  • Chip: A14 Bionic;
  • Korpus mahsuloti: zanglamas po‘lat;
  • Ranglar: ko‘k, oltinrang, oq, qora;
  • Narxi: 1,099 AQSh dollari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан