Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple kapitallashuvi birinchi marta $2 trlnga yetdi
19.08.2020 21:25,  
58

Amerikaning Apple korporatsiyasi kapitallashuvi tarixda birinchi marta ikki trillion dollardan oshdi. So‘nggi bir yilda kompaniya aksiyalari deyarli 60 foizga qimmatlashdi.

Mart oyida koronavirus pandemiyasi tarqalishi va ishlab chiqarishning qisman to‘xtatilishi fonida Apple qiymati keskin pasaya boshladi - kompaniyaning kapitallashuvi bir oy ichida 300 milliardga kamayib, bir trillion dollarga tushdi. Keyinchalik, masofaviy ishlash uchun texnologiyaga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda, Apple'ning kotirovkalari tezda o‘sishni boshladi.

Ilgari faqat Saudi Aramco energiya kompaniyasi kapitallashuv darajasiga $2 trlnga yetgan edi. Hozirda ushbu kompaniya bozorda haddan tashqari ko‘p neft va pandemiya sabab bo‘lgan global iqtisodiyotning pasayishi sharoitida 1,8 trillion dollarga baholanmoqda. 

Kompaniya kapitalizatsiyasi 1 trillionga yetishi uchun 42 yil vaqt kerak bo‘lsa, 2 trillionlik marrani 2 yilda kesib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан