Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple kompaniyasi 7 xil iPhone egalariga 500 million dollar to‘lamoqchi
18.05.2020 06:13,  
818

Apple yangi modeldagi smartfonlari savdosini jonlantirish maqsadida eski rusumlardagi ayfonlarini sekinlashtirishi fosh etilgan. Xaridorlari bir necha bor sudlashgan bo‘lsa-da, Apple yana shu qilig‘ini qo‘ymagan va raqibining masxarasiga sabab bo‘lgan.

AQShdagi ayfon egalarining oxirgi jamoaviy da’volari tufayli Apple ularga 500 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lashga roziligini bildirgan. Bular quyidagi rusumlarga mansub smartfonlardir:

  • iPhone 6
  • iPhone 6 Plus
  • iPhone 6s
  • iPhone 6s Plus
  • iPhone 7
  • iPhone 7 Plus
  • iPhone SE

Mazkur ariza ko‘rib chiqilayotgan okrug sudyasi Edvard J. Devila ham bunga roziligini bildirgan, ammo koronavirus pandemiyasi sababli muddatni cho‘zishini aytgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан