Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple o‘z smartfonlariga muhim bir funksiyasi qo‘shyapti
10.06.2020 15:30,  
337

Android smartfonlardagi standart Google Phone (Google Telefon) ilovasidagi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi qaytayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu opsiya allaqachon Hindistondagi Nokia smartfonlariga taqdim etilgan.

Bu orada internetda iOS 14 operatsion tizimidan olingan yangi skrinshot tarqaldi. Unga ko‘ra, Apple o‘z smartfonlariga qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasini qo‘shyapti.

Kupertinolik korporatsiya bu ma’lumotni hali rasman e’lon qilganicha yo‘q, umuman, iOS 14 rasmiy relizining o‘zi 23 iyun kuni, dasturchilarga mo‘ljallangan WWDC 2020 konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Telefon suhbatlarini yozib olishning yuridik jihatlari ham bor – ko‘pgina mamlakatlarda bu qonunchilik bilan tartibga solinadi. Apple shuning uchun ham mazkur funksiyani faollashtirishni foydalanuvchining o‘z ixtiyoriga qoldiradi: shartlar bilan tanishib chiqib va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda, iPhone egasi uni sozlamalardan yoqib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.

Balki qo‘ng‘iroqlarni yozib olish imkoniyati barcha mamlakatlardagi ayfonlar uchun taqdim etilmasligi ham mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан