Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple O‘zbekistonga qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi
11.05.2020 20:54,  
325

Tarixdagi eng yirik kapitallashgan korporatsiya – Apple Distribution International Limited O‘zbekistonda ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va I chorakdagi faoliyati natijalariga ko‘ra, davlat byudjetiga 59,2 ming AQSh dollari miqdorida soliq to‘ladi.

Avval xabar qilganimizdek, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgan edi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatayotgan 10 ta chet el kompaniyasi “Internet-kompaniyalarning QQS ofisi” (http://tax.uz) orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hududida elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyasi – «Google Commerce Limited» ham QQS to‘lovini amalga oshirgan edi. Mazkur kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, davlat byudjetiga 85 ming yevro to‘ladi.

Bundan tashqari, filmlar va seriallar yetkazib beruvchi – Netflix International B.V. kompaniyasi ham O‘zbekiston byudjetiga 4,3 ming yevro miqdorida QQS to‘lagan.

Chet el kompaniyalarining ixtiyoriy ravishda ro‘yxatdan o‘tishi va soliqlarni to‘lashi hududida pullik xizmat ko‘rsatayotgan mamlakat qonunlarini hurmat qilishlarini anglatadi.

Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va mamlakat byudjetini to‘ldirayotgan xorijiy kompaniyalar haqidagi xabarlarni yetkazishni davom ettiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан