Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple va Microsoft narxi $1,5 trln.ga yetgan ilk kompaniyalar bo‘ldi
11.06.2020 12:39,  
120

Fond bozorlarida kompaniyalar qiymatining umumiy pasayishi kuzatilayotgan bir sharoitda yuqori texnologiyali kompaniyalar aksiyalari bir maromda o‘smoqda.

Amerikaning Apple va Microsoft kompaniyalari kapitallashuvi 1,5 trillion dollarga yetgan tarixdagi ilk kompaniyalar bo‘ldi. Bu voqea NASDAQ birjasidagi navbatdagi savdolar vaqtida yuz berdi. Bozorda Apple'ning bir dona aksiyasi narxi $352 gacha, Microsoft'niki esa $196 gacha ko‘tarildi.

Shuningdek, boshqa texnogigantlarning ham bozor bahosi ortib bormoqda. Hozirda Amazon kompaniyasining kapitallashuvi $1,3 trln.ga, Google'ga egalik qiladigan Alphabet shirkati kapitallashuvi $1 trln.ga yetdi.

Ushbu kompaniyalar pandemiyadan foyda ko‘rdi. Odatiy do‘konlarning yopilishi va elektron tijoratga bo‘lgan talabning ortishi Amazon'ga foydali bo‘ldi, Microsoft texnologiyalari masofaviy ishlayotgan xodimlar uchun qo‘l keldi, Alphabet esa reklamalar ortidan yanada boyidi. Apple'ga kelsak, investorlarning ishtiyoqi, jumladan 5G ayfonning chiqarilishi bilan bog‘liq.

MacRumors nashrining yozishicha, so‘nggi paytlarda Apple o‘z aksiyalarini faol ravishda qayta sotib olmoqda, bu esa kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymatining o‘sishiga yordam beryapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан