Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple WWDC 2016 konferensiyasida taqdim etadigan besh asosiy yangilik
13.06.2016 17:09,  
18

Tadbirda har doimgidek dasturiy mahsulotga asosiy o‘rin ajratiladi. Ammo ikkita qurilma ham kun tartibidan o‘rin olganini aytib o‘tish joiz.

MacOS

WWDC 2016: MacOS

OS Apple nomi o‘zgarganligi haqida ilgari aytib o‘tilgan. Yangi macOSning e’tiborga molik jihati Siri ovoz assistentini qo‘llashidir. Shuningdek, Apple  "Foto" ilovasini ham yangiladi.

iOS 10

WWDC 2016: iOS 10

iOS 10ning diqqatni tortadigan tarafi yangilangan App Store 2.0 sanaladi. Dizayni va "bildirishnomalar" funksiyasi kichik o‘zgarishga yuz tutadi. Qoraytirilgan interfeys rejimi tatbiq etilishi ehtimoli bor.

Apple Music

WWDC 2016: Apple Music

Apple musiqaviy xizmati ham boshqacha ko‘rinish olishi kutilmoqda. Dizayni o‘zgaradi va interfeysi soddalashadi.

MacBook Pro

WWDC 2016

MacBook Pro noutbuklar bo‘g‘imi bu yilda umuman o‘zgarmagan mahsulotlar sirasiga kiradi. Gap-so‘zlarga ko‘ra, protsessori, sensor paneli o‘zgarishi mumkin, bir emas, to‘rtta USB-C ulagich paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud. Korpus dizayni 2013 yildan beri o‘zgarmaganligiga e’tibor qaratsak, balki yangi shaklda chiqariladi.

USB-C Display

WWDC 2016

Applening tashqi displeyi naq besh yildan beri o‘zgargani yo‘q. Demak bugun ayni payti.

Bularning barchasi Apple taqdimotidan kutadigan yangiliklar taxmini edi xolos. O‘z tasdig‘ini topadimi-yo‘qmi - bugun kechqurun aniq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан