Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple’ning bozor kapitalizatsiyasi $100 mlrdga kamaydi
31.10.2020 12:32,  
76

Dunyodagi eng qimmat shirkat Apple texnogigantining bozor kapitalizatsiyasi 26 sentyabr kuni yakunlangan moliya yilining to‘rtinchi choragi uchun chiqargan hisobotidan keyin 100 milliard dollarga arzonlashdi, deb xabar bermoqda Investing.com.

Hisobot chop etilgach, Apple qimmatli qog‘ozlari vaqtinchalik 5% ga tushib ketdi. Yangi smartfonlarning chiqarilishining kechiktirilishi sababli ular IV chorak hisobotiga kiritilmagan. Natijada berilgan davrda iPhone sotuvi yillik hisobda 20,7 foizga kamaydi va 26,4 milliard dollarni tashkil etdi.

Avvalroq Apple sun’iy intellekt va avtomatik video-tahlil sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqaradigan Vilynx ispan shirkatini sotib olgan edi. Xabar qilishlaricha, Apple Barselonadagi Vilnyx ofisi bazasida Yevropada sun’iy intellektni rivojlantirish va yaratish markazini ishlab chiqish niyatida.

Kelishuv taxminan 50 million dollarga baholanmoqda.Vilnyx - bu sun’iy intellekt sohasida texnologiyalarni ishlab chiqaradigan Apple tomonidan sotib olingan birinchi kompaniya emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан