Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Apple'ning simsiz aqlli quloqchini: narx va xususiyatlari bilan tanishing
4.09.2020 18:22,  
98

Apple fanatlari hozir iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdimotini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Lekin kupertinolik korporatsiya kuzda ayfonlardan tashqari boshqa tur gadjetlarni ham namoyish etadi va bugun ulardan biri bilan tanishamiz. 

Yangi mahsulotlardan biri – AirPods Studio rusumli to‘liq hajmli simsiz quloqchin bo‘lib, insayder uning xususiyatlari hamda narxi haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, mazkur qurilma oq va kul rang tuslarda taklif etilib, akkumulyatori USB-C porti orqali quvvatlanadi.

 

AirPods Studio ovozni «o‘ta yuqori sifatda» yangrata oladi. Quloqchinga H1X protsessori (nomi hozircha tasdiqlanmagan) hamda ekvalayzer o‘rnatilgan. Bu devays xuddi HomePod'dagi singari ishoralar bilan boshqaruv tizimiga ega.

Shuningdek, AirPods Studio o‘zining boshga taqilgan yo yechilganligini o‘zi aniqlab, shunga mos holda avtomatik tarzda musiqani to‘xtatib qo‘yish va kelgan joyidan davom ettirish qobiliyatiga ega.

Apple bu mahsulotini sentyabrdayoq taqdim etishi, savdosini esa shu yoki kelasi oyda boshlashi kutilmoqda. AirPods Studio uchun 349 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan, demoqda insayder.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан