Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aprel oyida inflyasiya darajasi 1,7 %ni tashkil qilmoqda
1.05.2020 12:54,  
174

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning aprel oyida iste’mol sektoridagi inflyasiya darajasini e’lon qildi

2020 yilning aprelida iste’mol narxlari va tariflarining oy davomidagi o‘rtacha o‘sishi sur’ati 1,7 % ni tashkil etdi. 2020 yilning yanvar-aprel oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,5 % ga ko‘tarildi. 

Yillik davrda esa (2019-yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,5 % ni tashkil etdi.

Inflyasiya darajasi oshishining asosiy hissasi oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishi bilan bog‘liq. Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 3,3 foizga ortgan. Shu bilan birga nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 %ga, xizmatlar narxlari esa 0,3 %ga qimmatlagan. 

Umumiy hisobda, 2020 yilning to‘rt oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 7,7 %, nooziq-ovqat mahsulotlar 2,4 %, xizmatlar 1,8 % ga oshdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан