Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aprel oyida muomalaga qo‘shimcha 1 472 mlrd. so‘m chiqarildi
15.05.2020 11:31,  
166

Markaziy bank 2020 yilning dastlabki to‘rt oyida naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhini e’lon qildi.

2020 yilning yanvar-aprel oylarida naqd pul aylanmasi hajmi 105,5 trln. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41 foizga oshdi.

Mazkur davrda bank kassalariga naqd pullar tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39 foizga ko‘payib, 52,1 trln. so‘mni tashkil qildi.

Manba: Markaziy bank 

Biroq karantin choralari tufayli aprel oyida naqd pul muomalasi keskin pasaydi - tushum mart oyiga nisbatan 41 %ga kamaydi.

Naqd pullarning banklarga oqimini sekinlashuviga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi:

transport (mahalliy, temir yo‘l va havo transport) vositalarining harakatlanishiga doir cheklovlar;

korxonalar, xususan, chakana savdo (oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari), nooziq-ovqat bozorlari va pullik xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatining vaqtinchalik to‘xtatilishi;

soliqlar, kommunal xizmatlar, kredit foizlari va boshqa to‘lovlarning to‘lash muddatlari uzaytirilishi.

joriy yilning aprel oyidagi holat muomalaga qo‘shimcha 1 472 mlrd. so‘m chiqarishni taqozo etdi.

May oyidan boshlab naqd pul tushumlari qayta tiklana boshladi. Xususan, naqd pul tushumlari joriy yil aprel oyining birinchi 10 kunida 2,4 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, may oyining 10 kunida 700 mlrd. so‘mga oshib, 3,1 trln. so‘mga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан