Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aprel oyida O‘zbekistondagi ishbilarmonlik faolligi 14% ga pasaydi
12.05.2020 22:34,  
65

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel oyidagi ishbilarmonlik faolligi indeksini hisoblab chiqdi - martga nisbatan 859 punktni (pasayish 14,1%), 2019 yil apreliga nisbatan 963 punktni (pasayish 3,7%) tashkil etdi.

Bu pasayishning asosiy sababi mamlakat bo‘ylab joriy etilgan karantin qoidalari sanaladi. Nimalar o‘zgardi? 

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridagi operatsiyalar soni 29,3% ga kamayishi;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar sonining 8,7% ga ko‘payishi;
  • birjada xom ashyo sotib olish intensivligining 8,7% ga pasayishi;
  • tovar belgilari tarkibiy qismining 75 %ga pasayishi.

Aprel oyida oltita hududda ishbilarmonlik faolligi indeksi mart oyiga nisbatan o‘sdi: Navoiy (35,5%), Xorazm (33,3%), Sirdaryo (29,2%), Surxondaryo (8,3%), Buxoroda (2,9%) va Jizzax (2,7%) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatildi.

Boshqa hududlarda pasayish kuzatildi. Eng yirik pasayish Andijon (-16,5%), Farg‘ona (-13,3%), Samarqand (-8.9%) va Namangan (-8.1%) viloyatlarida kuzatildi.

Bank hisobvarag‘idagi operatsiyalar 

Aprel oyida banklararo to‘lovlar soni 3,7 million marta banklararo to‘lovlar amalga oshirildi. Bu mart oyiga nisbatan 1,5 mln.ga (29,3%) kamroq degani. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 39,8 foizga pasayish kuzatilmoqda.

Yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni barcha 14 ta mintaqalarda kamaydi. Eng sezilarli pasayish Buxoro (36,1%), Toshkent (33,8%), Navoiy (33,2%) va Qoraqalpog‘istonda (35,9%) kuzatildi.

Tovar-xom ashyo birjasi faoliyati

Aprel oyida BFIning birja komponenti 0,913 ni tashkil etdi, bu mart oyiga nisbatan 8,7% pasayishni anglatadi. Ushbu pasayish o‘rtacha bitimlarning qisqarishi, shuningdek har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning jismoniy hajmining kamayishi bilan bog‘liq.

Kutilganidek, global inqiroz va karantin ushbu tarkibiy qismga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Aprel natijalariga ko‘ra Respublika tovar-xomashyo birjasi 51,027 ta bitim tuzdi, bu mart oyiga (58,361) nisbatan 7334 ta bitimga (12,6%) kamdir.

Birja tovar ayirboshlashning umumiy hajmi 2,99 trln. so‘mni tashkil etdi, bu mart oyiga nisbatan 7,4% ga kam.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyati

Ushbu komponent mart oyiga nisbatan 8.8% ga ko‘payib, 1,0883 punktni tashkil qildi.

Faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining soni aprel oyida mart oyi (451 870)ga nisbatan 4973 taga ko‘payib, 456 833 tani tashkil qildi. 

Yirik korxonalar soni 738 taga ko‘paydi.

Tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Aprel oyida himoyalangan savdo belgilarining indeksi 0,25 ni tashkil etdi (oldingi oyga nisbatan 75% pasayish). Aprel oyida atigi 18 ta savdo belgisi va nomlari ro‘yxatga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан