Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh 100 million dozadagi koronavirus vaksinasiga $2 mlrd. ajratdi
23.07.2020 11:55,  
299

Agar vaksinasi yetarli darajada xavfsiz va samarali bo‘lsa, AQSh hukumati Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan kelajakdagi koronavirus vaksinasini ishlab chiqarish va tashish uchun 1,95 milliard dollar to‘laydi

AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, amerikaliklar vaksinani muvaffaqiyatli sinovlar va litsenziyani olgandan so‘ng bepul olishadi. Pfizer preparatni davlat tomonidan belgilangan joylarda yetkazib beradi. Ta’kidlanishicha, kompaniya bilan kelishuvga binoan AQSh yana 500 million dozani sotib olishi mumkin.

Germaniya BioNTech biotexnologiya kompaniyasi va Pfizer farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi eksperimental vaksinaning qo‘shimcha sinovlarining muvaffaqiyatli natijalarini e’lon qildi.

AQSh vaksinalarini sotib olish haqidagi xabar tufayli Pfizer aksiyalari 4% dan ko‘proq va BioNTech esa 6% ga qimmatladi. Bungacha Buyuk Britaniya 30 million dozada BioNTech/ Pfizer eksperimental vaksinasini olishga kelishuv e’lon qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан