Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh «Al-Qoida» yetakchilaridan biri o‘ldirilganini ma’lum qildi
23.10.2021 18:12,  
138

Suriyada «Al-Qoida» yetakchilaridan biri AQSh tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda AQSh Qurolli Kuchlari Makarziy qo‘mondonligiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Suriya shimol-g‘arbiga amalga oshirilgan bugungi aviazarba natijasida ‘Al-Qoida’ning yuqori martabali yetakchisi Abdulla Hamid al-Matar yo‘q qilindi. Aviazarba oqibatida tinch aholiga shikast yetgani to‘g‘risida ma’lumotlarimiz yo‘q», — deydi qo‘mondonlik matbuot kotibi mayor Jon Rigsbi.

Ma’lum qilinishicha, aviazarba MQ-9 uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasi yordamida amalga oshirilgan.

Qo‘mondonlikning qayd etishicha, yuroqi martabali jangarining o‘ldirilishi «terrorchilik tashkilotining keyingi rejalari va global hujumlarni amalga oshirish qobiliyatiga putur yetkazadi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан