Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh aviakompaniyalari aksiyalari Baffetning so‘zlaridan so‘ng keskin pasaydi
4.05.2020 23:11,  
264

AQSh aviakompaniyalarining aksiyalari dushanba kungi savdolarda 7-9 %ga arzonladi.

Delta Airlines'ning aksiyalari 8,79 %ga ($22 gacha), Southern Airlines'niki 7,2 %ga ($27,13 gacha), American Airlines'niki 9,45 %ga ($9,64 gacha), United Airlines'niki 7,96 %ga ($24,5 gacha) pasayib ketdi.

2 may kuni Berkshire Hathaway aksiyadorlarining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning eng katta aksioneri Uorren Baffet AQSh aviakompaniyalaridagi barcha aksiyalarni sotayotganini ma’lum qildi. Sarmoyadorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu biznes maydoni pandemiyadan keyin keskin o‘zgaradi. 

Baffet pandemiyadan keyin odamlar qanday sayohat qilishi va ularning odatlari qanday o‘zgarishini bilmasligini qo‘shimcha qildi. Agar sayohatlar soni kamayib ketsa, qancha bo‘lishidan qat’i nazar, bu har qanday holatda aviakompaniyalarga katta xarajatlarga olib keladi.

Berkshire Hathaway aprel oyining boshlarida Amerika aviabozoridan chiqib ketishni boshladi. Keyin Baffet Delta Airlines va Southern Airlines aviakompaniyalaridagi hissalarni qisman qisqartirdi. 

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil oxirida investor aviakompaniyalardagi ulushini 10 milliard dollargacha oshirdi va hatto bir kun u bir aviakompaniyaning egasiga aylanishi mumkinligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан