Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli yaxshilanganini ma’lum qildi
18.03.2019 13:08,  
9

2018 yil bo‘yicha dunyodagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha yillik ma’ruzada (2019 yil 13 mart kuni chop etilgan) AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli ko‘p jihatdan sezilarli darajada yaxshilanganini e’tirof etdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalo odil sudlov, sud jarayonlarining shaffoflik darajasini ortgani, ayblovchi dalillar bazasidan foydalanishga himoyachi tomoniga kengroq izn berilishi va natijada oqlovchi qarorlar sonining ko‘payishi ma’ruzada ob’yektiv baho berilishiga turtki bo‘lgan.

Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligi, qiynoqlardan hamda boshqa muomala va jazoning insonparvarlik tamoyiliga zid yoki inson sha’nini kamsituvchi turlaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar qabul qilingani, shuningdek, bunday jinoyatlar uchun mas’uliyat kuchaytirilgani alohida qayd etiladi.

So‘z va ifoda erkinligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida OAV erkinligini ta’minlash bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishi, shuningdek, O‘zbekistonning inson huquqlari tashkilotlari va fuqarolik jamiyati faollari bilan ochiq munosabatlari e’tirof etilmoqda.

Ma’ruzada diniy ekstremizmda gumonlangan minglab shaxslar huquqni muhofaza qilish organlari ro‘yxatidan chiqarilishi, shuningdek, ko‘plab afv etish holatlari va ularning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan dasturlar yuqori baholangan.

«Human Rights Watch» va «Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi» ma’lumotlariga asoslanib, «O‘zbekistonda yigirma yildan ziyod vaqtdan beri ilk marotaba jurnalistlar va fuqarolik jamiyati faollari qamoqxonalarda qolmagani» ma’ruzada e’tirof etilishi diqqatga sazovordir.

Hujjatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muvaffaqiyatli qabul qilingan huquqiy va ma’muriy choralar alohida ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi taraqqiyoti AQSh Davlat Departamenti va Mehnat Departamentining 2018 yildagi tegishli bayonotlarida bir necha bor e’tirof etilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyida AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonni «diniy erkinlik sohasidagi alohida tashvish uyg‘otuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan» chiqargandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан