Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga izoh berdi
26.10.2021 10:24,  
150

Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar joriy yil 24 oktabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida O‘zbekiston xalqining o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etish huquqidan foydalanganini qo‘llab-quvvatlaydi.

AQSh Davlat departamenti YXHT/DIIHB Missiyasining ovoz berish jarayoni tinch muhitda o‘tdi va saylovchilarning yuqori faolligi bilan ajralib turdi, degan baholariga qo‘shildi.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumati va YXHT/DIIHB kuzatuvchi missiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yaxshilanganini olqishlaydi va YXHT tavsiyalarining saylovlar hamda fuqarolik va siyosiy huquqlarni ilgari surish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishini intiqlik bilan kutmoqda.

“Biz O‘zbekiston hukumati bilan ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga ega ushbu va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz”, – deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан