Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh harbiylariga soqol qo‘yish, hijoblanish va salla o‘rashga ruxsat berildi
19.02.2020 16:31,  
770

AQSh harbiy xizmatchilarga faqatgina o‘z diniy e’tiqodidan kelib chiqqan holda, so‘rovnoma kiritganidan so‘ng, harbiy qism qo‘mondoni tomonidan salla kiyish va hijob o‘rashga, soqol qo‘yib, sochlarini qirqib yoki o‘stirishga ruxsat beriladi. The Atlantic nashrining yozishicha, bunda ushbu xizmatchining diniy e’tiqodlari samimiy ekanligi hamda so‘rovdagi element xavf tug‘dirmasligini o‘rganib chiqqan holda ruxsat beriladi. Ushbu o‘zgartirishlar AQSh Qurolli kuchlari qo‘mondonligi tomonidan kiritilgani ma’lum qilindi.

Ilgari harbiy xizmatchilarga tashqi ko‘rinishi bilan farq qilish imkoniyatini faqat armiya kotibiyati ruxsat berardi. Ammo, hozir harbiylar uchun bo‘lim boshlig‘i roziligining o‘zi kifoya qiladigan bo‘ldi.

CNN telekanaliga ko‘ra, quyidagi o‘zgartirishlarda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish sharti bilan salla o‘rash va hijob kiyishga, soqol qo‘yib, sochlarini qirqib yoki o‘stirishga ruxsat berilgan. Shuningdek, yangi tartibga binoan, xizmat davomida uchuvchilarga kelajakda diniy e’tiqodlarini to‘laqonli bajarishi mumkin bo‘lgan diniy turar joy topishiga ham ruxsat beriladi.

Harbiy xodimlarning tashqi ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablardagi bunday o‘zgarishlar, hindistonlik harbiy xizmatchilarning talabiga binoan amalga oshirildi. Ushbu o‘zgarishlar musulmonlar va yahudiylarni chetlab o‘tmasligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili asli hindistonlik 4 nafar AQSh harbiy xizmatchisi o‘z xizmatlari mobaynida diniy e’tiqodlarini bajara olmayotganligi bo‘yicha AQSh armiyasini ustidan sudga da’vo ariza bergan edi.

Harbiylar bu ishni o‘tgan yili aprel oyida yutib chiqqan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан