Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh hukumati elektron sigaret savdosini cheklamoqchi
12.09.2019 14:40,  
34

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yaqin haftalar ichida xushbo‘y ta’m qo‘shilgan elektron sigaretlar savdosini cheklamoqchi. Bu haqda AQSh Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligining sayti xabar beryapti.   

Qayd qilinishicha, birinchi o‘rinda amerikalik maktab o‘quvchilari ko‘p iste’mol qiladigan tamaki, yalpiz va mentol ta’mli veyplar (elektron sigaret) savdodan olinadi.

“Yoshlar orasida elektron sigaret epidemiyasi tarqalgani muammosiga e’tibor qaratish uchun Tramp ma’muriyati bozorni xushbo‘y ta’mli elektron sigaretlardan qat’iy tozalash niyatidaligini ko‘rsatyapti”, deyiladi xabarda.

Ushbu e’lon elektron sigaretlar tufayli o‘lim holatlari soni oshayotganiga qaramay Amerika aholisi orasida ayni jihozga talab oshib borayotgan bir pallada chiqdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан