Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh koronavirusdan zararlanganlar soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi
22.03.2020 13:35,  
1355

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Covid -19 koronavirusi bilan zararlangan soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi. U yerda virusni yuqtirib olganlar soni 26 138 nafarga yetdi.

Bemorlarning katta qismi Nyu-York shtatiga to‘g‘ri keladi — 12,3 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda Vashington (1793 ta) hamda Kaliforniya (1407 ta) shtatlari turibdi.

Qo‘shma Shtatlarda virus 323 nafar bemorning hayotiga zomin bo‘ldi. Vashingtonda 94 kishi, Nyu-Yorkda 75 bemor hamda Kaliforniyada 25 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Jami 176 nafar bemor butunlay sog‘ayib ketgan. Covid-19 mamlakatning barcha shtatlarida qayd etilgan.

16 mart holatiga ko‘ra, AQShda 3,5 mingta koronavirus holati aniqlangan edi, 6 kun ichida bemorlar soni 7 barobarga ko‘paydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан