Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh lagerlarda odam sochlaridan tayyorlangan Xitoy mahsulotlarini musodara qildi
3.07.2020 18:14,  
848

Xitoyda ishlab chiqarilgan bu mahsulotlar Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidagi musulmonlar saqlanayotgan siyosiy lagerlarda ishlab chiqarilgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Amerika ovozi nashri xabar berdi.

AQSh Bojxona va chegara xizmati rasmiysi Brend Smit «mazkur tovar inson huquqlarining o‘ta qo‘pol tarzda buzilishini anglatadi», - deb aytgan.

Umumiy qiymati 800 ming dollar bo‘lgan mahsulot «Lop County Meixin» shirkatiga tegishli bo‘lgan. AQSh hukumati mahsulotni musodara qilishga buyruq berdi.

Rasmiylarning bildirishicha, bu mahsulot mahbuslarning, jumladan, bolalarning majburiy mehnati bilan ishlab chiqarilgan. «Lop County Meixin» Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida odam sochlaridan va majburiy mehnat asosida mahsulot ishlab chiqargani uchun AQShda qora ro‘yxatga kiritilgan uchinchi shirkatdir.

Xalqaro hamjamiyat 2017 yildan beri Xitoyni bir milliondan ortiq Shinjondagi musulmon millatlarni «terrorchilik va ekstremistlikka qarshi kurash» bahonasi bilan siyosiy lagerlarda saqlab kelayotganini tanqid qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан