Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh monopoliyaga qarshi kurashish regulyatori sudda Facebook’dan Instagram va WhatsApp’ni sotib yuborishni talab qildi
10.12.2020 13:35,  
96

AQSh Federal savdo komissiyasi (FTC) Facebook ustidan sudga da’vo arizasini kiritdi, deb xabar beradi Meduza.

Regulyatorning fikricha, Facebook uzoq yillardan beri «istiqbolli raqiblar»ni sotib olishni o‘z ichiga olgan «tizimli strategiya» doirasida «ijtimoiy tarmoqlardagi monopoliya liniyasini noqonuniy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda».

FTC tomonidan sudga kiritilgan da’voda Facebook’ka Instagram va WhatsApp’ni sotish, shuningdek, kelajakda bu kabi servislarni sotib olishga ruxsat so‘rash majburiyatini yuklash so‘ralgan.

FTC’ning da’vo arizasiga 46 ta shtatning prokurorlari hamda Kolumbiya va Guam okrugi prokurorlari qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Facebook WhatsApp messenjerini 2014 yilda 19 milliard dollarga, suratlar bilan almashishga mo‘ljallangan Instagram’ni esa 2012 yilda milliard dollarga sotib olgan.

2019 yilning mayida Facebook asoschilaridan biri Kris Xyuz New York Times’ga yozgan kolonkasida Facebook, Instagram va WhatsApp’ni bir-biridan mustaqil kompaniyalarga ajratib tashlashni taklif qilib, AQSh hukumatini ijtimoiy tarmoqlar ta’sirini cheklashga chaqirgan edi. O‘shanda Mark Sukerberg Facebook’dan unga tegishli WhatsApp va Instagram’ni alohida kompaniya qilib ajratib tashlash, ijtimoiy tarmoq oldida turgan muammolarni yechishga yordam bermasligini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан