Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Mudofaa vaziri Trampning fikrlariga qarshi chiqdi
5.06.2020 18:45,  
500

AQShning ko‘plab shaharlarida politsiya zo‘ravonligi va irqchilikka qarshi namoyishlar davom etmoqda. Joriy etilgan komendant soati hamda koronavirusga qaramay, o‘n minglab odam ko‘chaga chiqqan.

Hafta boshida Prezident Donald Tramp namoyishlarni bostirish uchun gubernator ruxsatisiz shtatlarga muntazam armiya kuchlarini kiritish vakolatini beruvchi qonunni ishga solishga do‘q-po‘pisa qilgan edi, biroq Mudofaa vaziri Mark Esperning aytishicha, muntazam qo‘shinlar faqat favqulodda va og‘ir vaziyatlarda jalb qilinishi kerak.

“Hozir vaziyat unday emas. «Isyon haqidagi qonun» kuchga kiritilishiga qarshiman”, - dedi u.

Amerika Ovozi nashrining xabar berishicha, so‘nggi ikki kun poytaxt Vashingtondagi namoyishlar tinch o‘tganidan so‘ng Esper bungacha ko‘chaga safarbar etilgan 200 askarga bazaga qaytishni buyurdi, biroq Oq uydagi uchrashuv ketidan qarorini o‘zgartirdi.

Trampning namoyishlarni bostirishga qaratilgan harakatlari va choralari uning reytingini tushirib yubordi.

Namoyishlar Minneapolis shahrida qora tanli Jorj Floydning oq tanli politsiyachi qo‘lidan o‘lishi ketidan boshlangan. AQShning hayotdagi barcha sobiq prezidentlari, jumladan, Jimmi Karter, Jorj Bush va Bill Klinton Jorj Floyd o‘limini qoraladi.

AQShda nega norozilik namoyishlari bo‘lyapti? (video)

Namoyishlar AQShdagi irqiy tengsizlikning turli qatlamlarini oshkor etdi.

«Xoh uy-joy masalasi bo‘lsin, xoh bandlik, xoh davlat maktablari, irqiy tengsizlikni hammasida ko‘rish mumkin. Davlat maktablaridan qamoqxonagacha bo‘lgan yo‘l haqida ko‘p gapiramiz. Muammo faqat yomon politsiyachi yoki politsiya kameralarida emas. Millionlab amerikaliklar uchun tizim tubdan buzuq va xato bo‘lgani uchun ko‘chada bu qadar ko‘p odamlarni ko‘ryapmiz», - dedi Texas universitetidan Peniyel Jozef.

Avvaliga Jorj Floydning o‘limi uchun ehtiyotsizlik sabab qotillik sodir etgan deb uchinchi darajali qotillikda ayblangan politsiyachi Derek Shovinga qarshi ayblov o‘zgartirilib, u endi ikkinchi darajali qotillikda ayblanmoqda, ya’ni niyatsiz qasddan o‘ldirishda. Shovin atrofida turgan uch politsiyachiga qotillikka yordam berish va uni qo‘zg‘atish ayblovi qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан