Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh O‘zbekistonga moliyaviy yordam miqdorini sezilarli ravishda oshirdi
28.02.2019 16:44,  
4

AQSh ikki yil ichida O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordam miqdorini deyarli uch barobarga ko‘paytirdi. Bu haqda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells Toshkentda o‘tgan AQSh-O‘zbekiston siyosiy maslahatlashuvlari paytida ma’lum qildi.

AQSh rasmiysiga ko‘ra, 2016 yilda Vashington Toshkentga 10 million 100 ming dollar ko‘mak ko‘rsatgan. 2018 yilda esa bu yordam miqdori 28 million 100 ming dollar miqdorida bo‘lgan.

Elis Uellsning aytishicha, AQSh tomonidan O‘zbekistonga moliyaviy yordam miqdorining ko‘paytirilayotgani Vashington Toshkent o‘tkazayotgan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashda sobit ekanini anglatadi.

Elis Uells 26 fevral kuni AQSh-O‘zbekiston siyosiy maslahatlashuvlarida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan edi. Uni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан