Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Oliy sudining eng qari sudyasi Rut Beyder Ginzburg vafot etdi
19.09.2020 10:06,  
198

AQSh Oliy sudining eng keksa a’zosi Rut Beyder Ginzburg 87 yoshida vafot etdi. O‘limiga oshqozon osti bezi saratoni sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Reuters.

Ginzburg xonim 1993 yilda Oliy sudga tayinlangan. U tarixda ushbu lavozimni egallagan ikkinchi ayol edi. U yerda Ginzburg xonim 27 yildan ortiq vaqt davomida ishlagan. Reuters sudyani "amerikalik liberallarning timsoliga aylangan ayollar huquqlari faoli" deb atadi.

Reuters 

 

Ginzburg xonimning o‘limi sudning mafkuraviy muvozanatini o‘zgartirishi mumkin. Hozirda 9 ta Oliy sudya orasida ko‘pchilik respublikachilar prezident tomonidan tayinlangan. Agar AQShning amaldagi Prezidenti Donald Tramp bo‘sh turgan lavozimga o‘z nomzodni taklif qilsa, uni respublikachilar ko‘pchiligiga ega Senat qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shunday qilib, kuchlar muvozanati ko‘p yillar respublikachilar foydasiga mustahkamlanadi.

Shu fonda AQSh Senatidagi Demokratik ozchiliklar yetakchisi Chak Shumer ushbu lavozimni navbatdagi prezident saylovlariga qadar bo‘sh qoldirishga chaqirmoqda. «Amerika xalqi navbatdagi Oliy sud sudyasini tanlashda o‘z so‘zini aytishi kerak. Shuning uchun, bizda yangi prezident paydo bo‘lmaguncha, bu vakansiyani to‘ldirish mumkin emas», - deb yozdi u Twitter'da.

NPR radiosining xabar berishicha, Ginzburg xonim o‘limidan bir necha kun oldin nabirasi Klara Speraga yangi sudyani tayinlash to‘g‘risida aytgan. "Mening eng katta istagim shuki, yangi prezident tayinlanmaguncha meni almashtirishmaydi", - degan edi u.

AQShning Viskonsin univeristeti doktoranti asli o‘zbekistonlik iqtisodchi Behzod Hoshimov ushbu voqeani 2020 yilning eng muhim o‘zgarishi deb atadi.

"Haqiqatdan katta yo‘qotish. Menimcha butun dunyo uchun. Lekin dunyo buni hali anglamadi", - deb yozadi Hoshimov o‘zining blogida.

"Amerika ovozi" nashri jurnalisti Behzod Mamadiyev ham "bu AQSh siyosiy hayotida, ayniqsa, saylov arafasida katta voqea" ekanligini ta’kidlamoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан