AQSh O‘zbekiston va yana ikki davlatdan 9 mingtacha afg‘onni vaqtincha qabul qilishni so‘radi

AQSh O‘zbekiston va yana ikki davlatdan 9 mingtacha afg‘onni vaqtincha qabul qilishni so‘radi

Bayden administratsiyasi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan 11 sentyabrgacha NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketguniga qadar 9 ming nafar atrofidagi afg‘onlarni vaqtincha qabul qilishni so‘radi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, orasida muxbirlar, haydovchilar, qurilish sohasi vakillari va boshqa kasb egalari bo‘lgan afg‘onlar amerikalik harbiylarga 20 yildan beri Tolibonga qarshi kurashishda yordam berib kelgan.

Nashrning yozishicha, AQSh ushbu afg‘onlarga maxsus immigratsiya vizasini berish jarayonini tezlashtirishga harakat qilmoqda. 

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays payshanba kungi brifingda 9 ming nafar afg‘onning qayerga borishini aytishni rad qilgan. Ned Prays sentyabr oyigacha mazkur afg‘onlar Afg‘onistondan tashqariga ko‘chib o‘tish imkoniyati borligini ta’kidlagan.