Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh o‘zbekistonliklarga viza berishni noma’lum muddatga to‘xtatdi
21.03.2020 15:08,  
699

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi rasman noimmigratsion va Immigratsion vizalar berilishi noma’lum muddatga to‘xtatilganini ma’lum qildi.

AQSh elchixonasining ma’lum qilishicha:

  • 2020 yil 17 martdan boshlab odatiy noimmigratsion vizalar bo‘yicha suhbatlar,
  • 2020 yil 24 martdan boshlab odatiy immigratsion vizalar bo‘yicha suhbatlar bekor qilingan.

“Biz odatiy viza xizmatlarini tez orada qaytadan tiklaymiz, ammo hozircha aniq sanani taqdim eta olmaymiz. Noimmigratsion viza to‘lovi amalga oshirilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi va bu to‘lovni amalga oshirilgan mamlakatda vizaga murojaat etish uchun ishlatish mumkin. Agar sizda shoshilinch masala va darhol sayohat qilish ehtiyoji bo‘lsa, iltimos, odatiy noimmigratsion vizalar bo‘yicha biz bilan [email protected] elektron manzili orqali bog‘laning.

Odatiy immigratsion vizalar bo‘yicha, agar sizda shoshilinch masala va darhol sayohat qilish ehtiyoji bo‘lsa, iltimos, biz [email protected] elektron manzili orqali bog‘laning“ deyiladi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bayonotida.

Shuningdek, AQSh Davlat departamenti koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli butun dunyo bo‘ylab barcha elchixona va konsulxonalarida ham viza berishni to‘xtatdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан