Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh pandemiyadan qiynalgan Markaziy Osiyo muhojirlari uchun 2 million dollar ajratadi
27.05.2020 11:52,  
70

AQSh hukumati, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) orqali, COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyoda muhojirlarni himoya qilish uchun 2 million dollar ajratadi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Ushbu yordam USAID tomonidan moliyalashtirilgan va “Winrock International” amalga oshirayotgan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida taqdim etilib, u o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.

“COVID-19 pandemiyasi Markaziy Osiyodagi millionlab muhojirlarning gumanitar va moliyaviy inqiroziga olib keldi, ularning aksariyati Markaziy Osiyo bo‘ylab tranzit va o‘tish joylarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Ish va chetdan yuborilayotgan pul mablag‘larini yo‘qotish oilalarni tegishli resurslarsiz hamda huquqiy himoyasiz qoldirdi. Migrantlar, shuningdek, o‘zlarini virusdan qanday himoya qilish to‘g‘risida ma’lumot va resurslarga ega emas.

USAID “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida juda zarur bo‘lgan yordamni taqdim etadi, shu jumladan axborot manbalari bilan ta’minlaydi, asosiy xizmatlarga yo‘llanmalar beradi, muqobil turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi, muhojirlarga ushbu qiyin vaziyatni yengishda yordam berish uchun ko‘nikmalar va treninglar o‘tkazadi. Loyiha, shuningdek, yuridik va psixologik yordam ko‘rsatish orqali muhojirlarning huquqlarini himoya qiladi,“ — deyiladi elchixona xabarida.

“Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi Markaziy Osiyoning besh respublikasiga dalillarga asoslangan amaliyot va transchegaraviy munosabatlarda o‘zaro javobgarlikni kuchaytirish, odam savdosining oldini olish, jabrlanganlarni himoya qilish va xavfsizligini kuchaytirishda hukumatlar, NNTlar va xususiy sektorning samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан