Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika kompaniyalarini neft qazib olishni ko‘paytirishga chaqirdi
1.04.2022 08:54,  
97

AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika kompaniyalarini neft qazib olishni ko‘paytirishga chaqirdi. Bu haqda BBC news manbasi xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, neft narxining yuqoriligi yonilg‘i quyish shoxobchasidagi amerikaliklarga zarba bergan. "Men bu qanchalik og‘riqli ekanligini bilaman", dedi Bayden va kelajakda ishlab chiqariluvchi toza energiya  amerikaliklarga yonilg‘i narxining oshishi bilan kurashishda ko‘maklashishini ta’kidladi.

U AQShda gaz narxining oshishini bevosita Putinning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘ladi va bir necha bor gaz narxining ko‘tarilishini "Putin narxining oshishi" deb atadi:

"Sababi — Putin urushi. Va endi dunyo bo‘ylab ko‘pchilik rus neftini sotib olmayapti. Men Amerikaga Rossiya neftini import qilishni taqiqlaganman. O‘shanda bu qimmatga tushishini aytgandim. Rossiya nefti jahon bozorini tark etar ekan, neft yetkazib berish darajasi pasaymoqda, narxlar esa ko‘tarilmoqda", — deydi u.‌‌

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан