Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh prezidenti ma’muriyati Kubadagi Guantanamo harbiy bazasi qamoqxonasini yopmoqchi
13.02.2021 20:18,  
139

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kubadagi Guantanamo harbiy bazasining qamoqxonasini yopmoqchi. «Bu haqda Oq uyning matbuot kotibi Jen Psaki ma’lumot berdi», deyiladi “CNN” xabarida.

Baydenning prezidentlik davrida mazkur qamoqxona yopiladimi, degan savolga Psaki: «Bu bizning pirovard maqsadimiz», deb javob berdi. AQSh mudofaa vazirligi vakili Jon Kibrining aytishicha, mahkama rahbari Lloyd Ostin mazkur ob’yektning yopilishini qo‘llab-quvvatlaydi. “Reuters«ning manbasiga ko‘ra, Bayden yaqin hafta yoki oylarda qamoqxonaning keyingi taqdiri haqidagi hujjatni imzolaydi. Eslatib o‘tamiz, Guantanamo qamoqxonasi 11 sentyabr voqealaridan so‘ng 2002 yilda ochilgan. 2003 yilda Guantanamodagi mahbuslar 700 nafarga yaqinligi ma’lum qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан