Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshladi
30.04.2021 11:36,  
186

Shu bilan birga, Pentagon harbiy xizmatchilarni olib chiqishda ularning xavfsizligini ta’minlash uchun Afg‘onistonga qo‘shimcha kontingentni jo‘natadi, deb ma’lum qildi Oq uy vakili Karin Jan-Per.

«Kelayotgan haftada Qurolli kuchlarning Markaziy qo‘mondonligi AQSh harbiylarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vaziyatni baholaydi va zarurat tug‘ilsa Afg‘onistonga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natadi», – qo‘shimcha qildi u.

Jan-Perning ta’kidlashicha, 11 sentyabrda yakunlanishi mo‘ljallangan qo‘shinlarni olib chiqish tadbiri qat’iy tartib bilan, xavfsiz va shoshilmagan holda amalga oshiriladi.

Payshanba kuni NATO bosh qarorgohi ham qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqishni boshlash haqida xabar bergan edi.

AQSh va uning NATO bo‘yicha hamkorlari Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarini 2001 yilda boshlagan edi.

Hozirda Afg‘onistonda NATOga a’zo mamlakatlar va hamkorlarining 10 mingga yaqin askari harbiy xizmatini o‘tamoqda. Ulardan tashqari, Afg‘onistonda AQShning ham 2 ming 500 kishilik harbiy kontingenti bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан