AQSh Ramzan Qodirov va uning oilasiga sanksiya joriy qildi

AQSh Ramzan Qodirov va uning oilasiga sanksiya joriy qildi

AQSh Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni inson huquqlarini jiddiy ravishda buzishda ayblab, unga nisbatan sanksiya joriy etdi. Sanksiya haqida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.

Reuters agentligining xabar berishicha, bundan buyon Qodirov hamda uning oilasi turmush o‘rtog‘i va qizlari AQSh hududiga kira olmaydi.

AQSh Davlat departamentining ta’kidlashicha, Checheniston rahbarining inson huquqlarini ko‘p marta jiddiy ravishda buzgani, jumladan, qotillik va qiynoqlarga aloqadorligi haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud.

Davlat departamenti Ramzan Qodirovga nisbatan sanksiyani e’lon qilar ekan, boshqa davlatlarni o‘rnak olishga chaqirdi.

Avvalroq AQSh Checheniston rahbariga nisbatan iqtisodiy sanksiya joriy etgan edi.