Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh rasmiylari Anqarada: “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti bo‘yicha muzokaralar
17.10.2019 17:06,  
200

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li payshanba kuni Anqarada AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O’Brayen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda jurnalistlarga Turkiya TIV xabar berdi.

Anadolu axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra uchrashuv kengaytirilgan tarkibda, yopiq tartibda bo‘lgan va 45 daqiqa davom etgan.

Shuningdek, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da (Toshkent vaqti bilan 15:15) AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens ham Anqaraga yetib keldi. U Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashishi kutilmoqda.

Pens boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrifdan maqsad turk tomonini Suriyadagi “Tinchlik bulog‘i” amaliyotini to‘xtatishga undash. Delegatsiya tarkibiga AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo, prezident Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Robert O’Brayen va AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jeyms Jeffri ham kirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан