Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Rossiyadan qurol sotib olgani uchun Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qiladi
6.04.2021 15:56,  
339

AQSh Turkiyaning to‘rt nafar federal mansabdorlariga va mudofaa eksportiga aloqador bitta davlat idorasiga qarshi sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda AQSh Federal registeriga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ularning Rossiya mudofaa sektori bilan aloqalari tufayli joriy qilinadigan mazkur cheklovlar «Amerika dushmanlariga qarshi sanksiyalar orqali kurash» to‘g‘risidagi qonunga ( CAATSA) asoslanadi. Faoliyati qatorida harbiy mahsulotlar va texnologiyalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan Turkiya mudofaa sanoati ma’muriyati SSB (Savunma Sanayii Boshkanligi) cheklovlar ostiga tushdi.

Shu bilan birga, SSB rahbari Ismoil Demir va yana uch nafar mansabdor AQSh tomonidan «qora ro‘yxat»ga kiritildi. Sanksiyalar qatoriga AQShga kirishni taqiqlash, mamlakat hududidagi aktivlarni bloklash va jismoniy shaxslar uchun amerikaliklar bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlash, shuningdek, AQShdan SSB uchun eksport hamda 10 million dollardan ortiq kreditlar berilishini man etish kiradi.

Cheklovlar 7 aprel kuni rasmiy ravishda e’lon qilinib, kuchga kiradi.

Vashington Anqaraga Rossiyaning S-400 zenit-raketa kompleksini sotib olgani sababli bir necha marta sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi. SSB 2017 yil 2 avgustda Rossiya bilan Turkiya hukumati nomidan qurol yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Havo hujumiga qarshi mudofaa komplekslarining birinchi partiyasi 2019 yil o‘rtalarida mamlakatga keltirila boshlagan, noyabr oyida Moskva Turkiyaga 2,5 milliard dollarlik to‘rtta S-400 komplekslarini muddatidan oldin yetkazib bergan.

Federal register hujjatida Rossiyaning havo hujumidan mudofaa raketa komplekslari haqida so‘z yuritilmagan qolaversa, sanksiyalarning sababi ham ko‘rsatilmagan.

Anqara S-400 sotib olganidan so‘ng, Vashington ushbu shartnomani bir necha bor tanqid qildi va Turkiyani Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish dasturidan chetlashtirdi. Davlat departamenti Anqarani Rossiya komplekslaridan foydalanishni to‘xtatishga, ularni yo‘q qilish yoki qaytarib berishga chaqirdi.

2021 yil mart oyi oxirida davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li bilan muzokaralar paytida mazkur komplekslarni «saqlab turmaslikni» talab qildi. Bunga javoban turkiyalik vazir Moskvadan raketalarni sotib olish Anqara uchun o‘zaro manfaatli kelishuv bo‘lganini qayd etdi.

Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Kalinning aytishicha, AQSh sanksiyalari Anqarani «boshqa yo‘nalishlarda» harakat qilishga undaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан