Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubormoqchi
9.04.2021 09:54,  
336

AQSh Moskvaga nisbatan yangi sanksiya qo‘llash, ya’ni rus diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasini o‘rganib chiqmoqda, deya xabar tarqatdi “Bloomberg” agentligi tegishli manbalarga tayangan holda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyatining rasmiy vakili “Solar Winds” orqali xakerlik hujumi va saylovga aralashish holati bo‘yicha ma’ruzani yakunlagan.

AQShning muhim qarorlaridan biri cheklov choralari qo‘llash va RF diplomatlari davlatni tark etishini talab etishdan iborat bo‘lishi mumkin. Vashington rus diplomatlarni «razvedka xodimlari» deb hisoblayapti.

Yanvar oyi boshida AQShning Kiber xavfsizlik va infratuzilmaviy xavfsizlik bo‘yicha agentligi (CISA) va Federal qidiruv byurosi boshqa bir qator idoralar bilan birgalikda qo‘shma bayonot e’lon qilgan edi. Ushbu hujjatda kompyuter xavfsizligi bo‘yicha “Solar Winds” firmasi mijozlariga uyushtirilgan keng qamrovli kiber hujum ortida Rossiya turgani gumon qilingan. Vashington fikricha xakerlarning AQSh hukumati muassasalariga uyushtirgan hujumlaridan ko‘zlangan maqsad razvedka ma’lumotlarini yig‘ishdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан