Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh rossiyalik xakerlar guruhi rahbari uchun 5 million dollar va’da qildi
6.12.2019 11:45,  
362

AQSh Moliya vazirligi Evil Corp xakerlik guruhi bilan aloqadorlikda ayblab, 6 ta rus kompaniyasi va 17 nafar shaxsga sanksiya kiritdi. Ularga banklardan 100 million AQSh dollarini o‘marganlik aybi qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari xakerlik guruhining rahbari Maksim Yakubsga Rossiya hukumati va Federal xavfsizlik xizmati bilan aloqadorlar ro‘yxatida ham sanksiya kiritilgan. Hozirda uning joylashgan joyi haqidagi ma’lumot uchun 5 million AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli e’lon qilingan.

AQSh Moliya vazirligining ta’kidlashicha, Evil Corp – PO Dridex banklar uchun virus tarqalishiga javobgar bo‘lgan, rossiyalik kiber jinoyatchilardan tashkil topgan xakerlik guruhi hisoblanadi. Kasperskiy blogining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu virusdan 2015 yilning o‘zida 40 million dollar zarar ko‘rilgan.

Xabarda aytilishicha, “Evil Corp biznes kabi ishlaydi, Moskvadan turib, bir-biriga yaxshi ishonadigan ko‘p yillik tanish insonlar tomonidan boshqariladi”.

Guruh yetakchisi Maksim Yakubsga (internetda Aqua nomi bilan mashhur) nisbatan AQSh Adliya vazirligi jinoyat ishi ochgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Maksim 1987 yilda Ukrainaning Xmelnitskoy viloyatida tug‘ilgan, Rossiya fuqarosi hisoblanadi. 2017 yildan xakerlik guruhini boshqarishdan tashqari rus hukumati va Federal xavfsizlik xizmati uchun ham ishlab kelmoqda.

justice.gov

AQSh Moliya vazirligi bergan ma’lumotlarga asoslanib, guruh yetakchisidan tashqari uning boshqa a’zolariga ham jinoyat ishi ochilib, sanksiyalar kiritilgan. Ularning ichida Rossiya, Gretsiya, Isroil, Ispaniya, O‘zbekiston va Ukraina fuqarolari ham borligi aytilmoqda.

Moliya vazirligining Hisobotida aytilishicha, Evil Corpʼga aloqador o‘zbekistonlik shaxsning ismi sharfi Safarov Azamat bo‘lib, hozirda Moskvada istiqomat qiladi. 1990 yil 26 martda tug‘ilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан