AQSh tarixida misli ko‘rilmagan ishchi kuchi yetishmovchiligi qayd etildi

AQSh tarixida misli ko‘rilmagan ishchi kuchi yetishmovchiligi qayd etildi

AQShdagi yangi vakansiyalar miqdori iyun oyida rekord darajaga yetdi – mamlakat tarixida misli ko‘rilmagan ishchi kuchi yetishmovchiligi qayd etildi.

Mamlakat mehnat vazirligi ma’lumotiga qaraganda, iyunning oxirga kelib bo‘sh ish o‘rinlari 590 mingga ko‘payib, 10 million bir yuz mingga yetgan. VVS bergan xabarga qaraganda, mazkur ko‘rsatkich may oyida, 9,5 million bo‘lib, iyunda esa iqtisodchilarning prognozlaridan ancha oshib ketgan.

“Iqtisodning tiklana borishi bilan hozirda mehnat bozorida ma’lumotlar yig‘ish va mehmonxona biznesi sohalarida yangi xodimlar izlash faollashgan”, deyiladi xabarda.