Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh terrorizmda aybdor deb topilgan o‘zbekistonlikni vatanga qaytardi
13.01.2022 13:39,  
346

AQSh Immigratsiya va bojxona xizmatining bayon qilishicha, 7 yanvar kuni 45 yoshli o‘zbekistonlik mahkum Jamshid Muxtorov vataniga qaytarilgan. Muxtorov 2012 yilda hibsga olingan, 2018 yilda federal sud uni xorijdagi terror tizimlariga moddiy yordam berganlikda aybdor deb topib, 11 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Hukmda u aslida 15 yil davomida nazorat ostida bo‘lishi va vatanga qaytarilishi qayd etilgan.

Muxtorov Filadelfiya xalqaro aeroportidan tijoriy samolyotda uchib ketgan. Toshkentga yetib borgach, AQSh immigratsiya zobitlari uni respublikaning tegishli organlariga topshirgan.

“Davlatimizga tahdid soladigan xorijliklarni chiqarib yuborishga bel bog‘laganmiz", - deydi Immigratsiya xizmatining Filadelfiyadagi idorasi rahbari Brayan Maksheyn.

Muxtorov ishi, deydi rasmiy, bunga yaqqol misol. AQSh u kabi tinchlikka xavf solganlarga toqat qilmaydi.

Federal Qidiruv Byurosiga ko‘ra, Muxtorov Islomiy jihod ittifoqi degan terror guruhi bilan hamkorlik qilgan va uni mablag‘ bilan ta’minlagan.

Muxtorov 2012 yilda Chikago xalqaro aeroportida Istanbulga uchib ketmoqchi bo‘lib turganida ushlangan.

Uning sudi Denver shahrida 19 kun davomida kechgan. Unda qator dalillar ko‘rsatilgan, jumladan Muxtorovning Islomiy jihod ittifoqiga kirib, unga xizmat qilisha so‘z bergani hamda farzandlariga «otangiz shahid» bo‘ladi", deya uqtirgani.

Muxtorov 2021 yilning yozida erkinlikka chiqqan, lekin tez o‘tmay Pensilvaniya shtatida hibsga olingan. O‘tgan yilning 12 iyulida bu shtatdagi federal sud uni O‘zbekistonga qaytarishni buyurgan - bu haqda Amerika ovozi nashri xabar bermoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан