Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Tolibon bilan tinchlik shartnomasini imzoladi
1.03.2020 11:39,  
416

AQSh Tolibon bilan tinchlik shartnomasi va amerikalik harbiylarning mamlakatdan olib chiqib ketilishi bitimini imzoladi.Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Kelishuv 20 yildan beri davom etayotgan mojaroni hal qilishda muhim start bo‘lishi mumkin. AQSh va uning NATOdagi sheriklari 135 kun ichida Afg‘onistondagi harbiy kontingentini 8,6 ming kishigacha qisqartiradi.

Agar Tolibon kelishuv shartlariga rioya qilsa, 14 oy ichida barcha qo‘shinlar Afg‘onistondan olib chiqib ketiladi.

AQSh va Tolibon 2018 yildan beri tinchlik kelishuvi borasida muzokaralar olib bormoqda. 2019 yil sentyabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu muzokaralar "o‘lik holatda" ekanligini aytgan edi.

Mavzuga doir: «Toliblar – afg‘on jamiyatining bir qismi va fuqarolari» – Abdulaziz Komilov

Tinchlik bitimi 29 fevral Doha shahri (Qatar)da Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Qatar, Turkiya, Tojikiston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida imzolangan. 

"Barcha xorijiy kuchlarning Afg‘onistondan to‘liq chiqarilishi va kelajakda hech qachon uning ishlariga aralashmaslik to‘g‘risidagi kelishuv, shubhasiz katta yutuqdir", deya bayonot berdi Tolibon.

Dohadagi Tolibon vakili Muhammad Naim kelishuvni "oldinga tashlangan qadam" deb baholadi.

"Bu kelishuv bilan Afg‘onistonda urush tugaydi", dedi u Al Jazira nashriga bergan intervyusida.

O‘z navbatida, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Tolibonni barcha majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. 

Mavzuga doir: AQSh-Tolibon muzokaralari — Abdulaziz Komilov Dohaga tashrif buyurdi

Mavzuga doir: Tolibon rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан