Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh uchta Rossiya kompaniyasiga sanksiyalar joriy etdi. Ulardan biri O‘zbekistonga uskunalar yetkazib beradi
11.08.2021 08:21,  
345

AQSh Davlat departamenti Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilmasligi to‘g‘risidagi qonun doirasida Rossiyaning uchta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Davlat departamentining bu haqdagi xabarnomasi Federal reyestrda e’lon qilingan, hujjatning o‘zini 10 avgust kuni e’lon qilish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Yangi cheklovlar Rossiyaning quyidagi uch kompaniyasiga qarshi joriy etilmoqda:

  • «Pulsar» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi — Rossiyaning yirik yarimo‘tkazgichli elektronikalar ishlab chiquvchisi;
  • Xalqaro tashkilotlar va Rossiyaichi charter reyslarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi Charter Green Light Moscow aviatashuvchisi;
  • Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston korxonalariga jihozlar, uskunalar va neft-kimyo mahsulotlari yetkazib beruvchi Asia-Invest kompaniyasi.

Amerika hukumati yuqoridagi uch tashkilotga nisbatan aynan qanday e’tirozlari borligini aniqlashtirmagan.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya kompaniyalaridan tashqari, Suriya va Iroqning kompaniya va tashkilotlar, jumladan, harbiy tuzilmalari ham kiritilgan.

Forbes nashrining aniqlik kiritishicha, sanksiyalar to‘g‘risidagi qaror 29 iyul kuni kuchga kirgan. Sanksiyalar doirasida AQShning har qanday davlat idoralariga ushbu kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish va ularga yordam ko‘rsatish taqiqlanadi. Cheklovlar davlat kotibi boshqa biror qaror qabul qilmasa, ikki yil davomida amalda bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан