Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh uyg‘ur paxtasining importiga taqiq qo‘yishga tayyorlanmoqda
9.09.2020 08:29,  
382

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Shinjonda yetishtirilgan xitoy paxta mahsulotlariga taqiq qo‘yishni muhokama qilmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi manbalariga tayanib xabar bermoqda. Taqiqlar sababi sifatida asosan uyg‘urlar yashaydigan Shinjonda inson huquqlari buzilayotgani keltirilgan. 

Taqiq keng turdagi kiyim-kechak va boshqa paxta mahsulotlariga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bu Xitoydan olinadigan paxta mahsulotlarining qaysi hajmiga ta’sir qilishi va Shinjon paxtasidan ishlab chiqarilgan va uchinchi mamlakatlardan olib kiriladigan tovarlar sanksiyalarga tushib qoladimi yoki yo‘qmi, hali aniq emas.

Mumkin bo‘lgan cheklovlar Shinjonda majburiy mehnatga oid keng tarqalgan xavotirlardan kelib chiqdi, bu yerda musulmon ozchiliklarga muntazam ravishda zulm qilinmoqda.

Xitoy yiliga qariyb 5,8 million tonna paxta ishlab chiqaradi va 2 million tonnani import qiladi, Xitoy importining to‘rtdan bir qismigacha AQSh yetkazib beradi.

Xitoydan paxta importini to‘xtatish uchun har qanday harakat global to‘qimachilik bozori uchun katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin, dedi NYT. Shinjon ushbu xomashyoni Xitoy fabrikalariga asosiy yetkazib beruvchidir. Ko‘pgina yirik global kiyim markalari ishlab chiqarishda Shinjon paxtasidan foydalanadilar. Ushbu taqiq Xitoydan Vetnam, Bangladesh, Indoneziyaga paxta olib boradigan yirik kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilarining vahima qilishlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Import taqiqlanishi Tramp uchun yangi qadam bo‘ladi, u saylovlar arafasida Xitoyga qarshi qattiq pozitsiyani egalladi, deb yozadi NYT. Prezident Pekinni koronavirusning butun dunyoga tarqalishiga yo‘l qo‘yganlikda ayblamoqda. Tramp ma’muriyati so‘nggi oylarda Xitoyga bosimni kuchaytirmoqda, o‘nlab kompaniyalar va jismoniy shaxslarga qarshi sanksiyalarni qo‘llamoqda.

Iyul oyida Vashington Xitoydan bir nechta to‘qimachilik fabrikalarini majburiy mehnatdan foydalanganligi sababli qora ro‘yxatga kiritdi. Ushbu ro‘yxatga Ralf Lauren, Tommy Hilfiger va Hugo Boss kabi yirik xalqaro brendlarning amaldagi yoki sobiq yetkazib beruvchilari kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан