Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh va Britaniya 5G uskunalar uchun Huawei shirkati muqobilini izlashmoqda
17.07.2020 18:11,  
145

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab Londonning 5G tarmoqlarida Xitoyning Huawei texnologiyasidan foydalanishni taqiqlash masalasini muhokama qildi. Bu haqda Davlat departamenti bayonotiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

"Davlat kotibi va tashqi ishlar vaziri qo‘shimcha 5G uskunalarini ishlab chiqarish uchun birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar", deyiladi bayonotda.

Buyuk Britaniya hukumati seshanba kuni Britaniya telekommunikatsiya kompaniyalariga 2021 yildan Huawei kompaniyasidan 5G uskunalarini sotib olish taqiqlanadi va 2027 yilga kelib Huawei'ning mavjud 5G tarmoq uskunalari muomaladan butunlay chiqarilishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Buyuk Britaniyaning Madaniyat, raqamli texnologiyalar, sport va ommaviy axborot vositalari vaziri Oliver Dovdenning ta’kidlashicha, ushbu qaror milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan va AQSh tomonidan Huawei'ga qarshi kiritilgan sanksiyalardan kelib chiqadi.

Yil boshida Buyuk Britaniya hukumati Huawei'ga mamlakatda 5G tarmog‘ini cheklangan asosda rivojlantirishga ruxsat berdi. Xitoy kompaniyasining texnologiyasi milliy xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqning «sezgir» qismlariga yo‘l qo‘yilmasligi rejalashtirilgan edi.

Biroq, keyinchalik, rasmiylar Britaniya operatorlari 5G tarmoqlarini o‘rnatishda AQShning Huawei'ga joriy qilgan sanksiyalari ostidagi uskunadan foydalanishni butunlay bekor qilishi kerak degan qarorga kelishdi.

AQSh Huawei'ni Xitoy harbiylari va razvedkasi bilan hamkorlik qilishda va xaridorlarni kuzatuvda ayblaydi va bir qator davlatlarni 5G uyali aloqa standartiga o‘tishda Huawei infratuzilmasi va jihozlaridan foydalanmaslikka undaydi. Xitoy kompaniyasining ta’kidlashicha, ayblovlar asossiz, siyosiy motivlarga asoslangan va bozor raqobati tamoyillariga ziddir. 2019 yil may oyidan beri Huawei AQShning qora ro‘yxatiga kiritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан