Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh va Tolibon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi O‘zbekiston uchun qanday ahamiyatga ega?
5.03.2020 11:11,  
354

Toshkentdagi Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi direktori Viktor Mixaylov AQSh va Tolibon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi va xavf tug‘dirishi haqida gapirdi.

“Sir emaski, o‘z vaqtida Tolibonni terrorchi guruhlar safiga qo‘shishgan, uning safida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan”, deydi Mixaylov. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiy Toshkent tomonidan faoliyati taqiqlangan O‘zbekiston Islomiy Harakati yetakchilari o‘z vaqtida boshqa yirik terrorchi guruhlar rahbarlari bilan qizg‘in muloqotda bo‘lgan.   

“Xavf shundaki, O‘zbekiston bilan bog‘langan terrorchi guruhlar o‘zini qanday tutishi noma’lum. O‘zbekiston vakillari toliblar bilan muzokara olib boryapti, ammo ular qo‘yilgan shartlarga amal qiladimi, yo‘qmi buni bilmaymiz”, deydi Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi direktori.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha shahrida AQSh va Afg‘onistondagi Tolibon harakati o‘rtasida tinchlik kelishuviga imzo qo‘yildi. Bunga ko‘ra, “AQSh va uning NATOdagi sheriklari 135 kun ichida Afg‘onistondagi harbiy kontingentini 8,6 ming kishigacha qisqartiradi. Agar Tolibon kelishuv shartlariga rioya qilsa, 14 oy ichida barcha qo‘shinlar Afg‘onistondan olib chiqib ketiladi”.

Oradan uch kun o‘tib AQSh tomoni BMT Xavfsizlik kengashiga Tolibon harakatidan terrorchi maqomi va sanksiyalarni olib tashlashni so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, kecha AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsan o‘zi Tolibonning Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari Mulla Barodar Axund bilan telefon orqali suhbatlashgani ma’lum bo‘ldi. 

AQSh va Tolibon o‘rtasida kelishuv imzolangan kuni Mulla Barodar Oxund O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratgani uchun samimiy minnatdorlik bildirgandi. Shuningdek, Tolibon harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy o‘zbekistonlik jurnalistlarga o‘zbek tilida intervyu berib, o‘zbek va afg‘on xalqlari aka-ukadek ekanligini, ular doimo tinch va osoyishta yashashlarini, ikki davlat xavfsizligi bir-birlariga bog‘liq ekanligini aytib o‘tdi.

Bu bayonotlar, intervyular rasmiy va siyosiy qolipdagi gaplar bo‘lib qolishi mumkindir, balki. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, Tolibon harakati hech qachon, hatto Afg‘onistonning 90% qismini nazoratiga olgan 1999-2001 yillarda ham O‘zbekistonga tahdid qilmagan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан