Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh yil oxirigacha Iroqdagi missiyasini yakunlaydi
22.11.2021 17:18,  
69

AQSh 2021 yilning oxirigacha Iroqdagi harbiy missiyasini yakunlaydi va kelishuvlarga muvofiq mamlakatni tark etadi.

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Iroq mudofaa vaziri Juma Inadning Bahraynda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha yozma bayonotiga tayanib ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, AQShlik general hukumat taklifiga binoan Iroq xavfsizlik kuchlarini IShIDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun arab mamlakatida qolishini tasdiqlagan.

Unga ko‘ra, Vashington 2021 yil iyul oyida o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etadi. Xususan, Ostin yil oxirigacha Iroqda jangovar missiyalarni bajaruvchi Amerika kuchlari qolmasligiga va’da berdi.

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy missiyasining keyingi bosqichi Iroq harbiylari bilan maslahatlashish, yordam berish va razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘ladi.

Shu bilan birga, Ostin AQSh Yaqin Sharq mintaqasida muhim harbiy mavjudligini saqlab qolishini va agar zarurat bo‘lsa, uni tezda oshirishi mumkinligini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Amerika tomoni mintaqada yuzaga kelayotgan muammolarga qarshi turishga qodir bo‘lgan ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish  tarafdori.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан