Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda beshta prezidentning saylanishini oldindan topgan professor yangi bashorat qildi
10.08.2020 06:21,  
179

Mashhur amerikalik siyosatshunos, tarix professori, oldinroq AQShning beshta prezidentining g‘alabasini to‘g‘ri bashorat qilgan Allan Lixtman noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari haqida bashorat qildi. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda. 

Lixtman 1984 yildan beri AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalarini bashorat qilmoqda va shu vaqtdan beri faqat bitta xatoga yo‘l qo‘ygan - 2000 yilda tarixchi demokrat Albert Gor prezident bo‘lishini kutgan edi. Biroq, ommaviy ovoz berishda g‘alaba qozonganiga qaramay, Gor oxir-oqibat kichik Jorj Bush foydasiga prezidentlikdan voz kechgandi. Ushbu saylov Florida shtatida qayta hisob-kitob qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, professor uning prognozi boshidan to‘g‘ri bo‘lgan deb hisoblaydi.

2016 yilda Lixtman Donald Trampning saylovdagi g‘alabasi va Hillari Klintoning mag‘lubiyati haqida bashorat qilganlardan biri edi. Shuningdek, professor Trampga impichment qilinishini ham bashorat qilgan.

Jo Bayden va Donald Tramp 

2020 yilgi saylovlar haqida gapirganda, tarixchi Demokrat nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonishini va Tramp ikkinchi muddatga qayta saylanolmasligi haqida gapirdi. 

G‘olibni aniqlash uchun Vashingtondagi Amerika universitetining siyosiy tarix yo‘nalishi professori Oq uyning 13 kaliti deb nomlangan o‘z tizimini ishlab chiqqan. 

Tizimning mohiyati 13 savoldan iborat bo‘lib, ularga faqat "ha" yoki "yo‘q" javob berish mumkin. Agar oltita yoki undan ko‘p savollarga javob "ha" bo‘lsa, bu har doim partiyaning g‘olib bo‘lishini anglatadi. Agar oltita yoki undan ko‘p savollarga javob "yo‘q" bo‘lsa, saylovchilar hukmron partiyaga qarshi chiqadi.

Lixtman ro‘yxatidagi 13 savol:

  1. Partiya vakolati: Kongress saylovlaridan so‘ng, hukmron partiya Vakillar Palatasida oldingi shunga o‘xshash saylovlarga qaraganda ko‘proq joylarga ega.
  2. Raqobat: hukmron partiyadan nomzodning maxsus raqiblari yo‘q.
  3. Ish paytida: hukmron partiyaning nomzodi hozirgi prezident.
  4. Uchinchi shaxslar: muhim rol o‘ynaydigan uchinchi tomon yoki mustaqil nomzod yo‘q.
  5. Qisqa muddatda iqtisod: saylov kampaniyasi davrida iqtisodiyot retsessiya holatida emas.
  6. Uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot: Joriy prezidentlik davrida aholi jon boshiga real YaIM o‘sishi oldingi ikki muddatda yalpi ichki mahsulot o‘sishiga nisbatan katta yoki tengdir.
  7. Siyosatdagi o‘zgarishlar: amaldagi ma’muriyat milliy siyosatda sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.
  8. Ijtimoiy beqarorlik: hozirgi prezidentlik davrida uzoq vaqt davomida ijtimoiy tanglik bo‘lmagan.
  9. Janjal: hozirgi ma’muriyat katta janjalga aloqador emas.
  10. Mudofaa / tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizlik: Hozirgi ma’muriyat xalqaro maydonda yoki harbiy sohada jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymagan.
  11. Mudofaa / tashqi siyosatdagi muvaffaqiyat: Hozirgi ma’muriyat xalqaro maydonda yoki harbiy sohada sezilarli yutuqlarga erishdi.
  12. Hokimiyat partiyasi nomzodining xarizmasi: Hukmron partiya nomzodi xarizmatik yoki milliy qahramon.
  13. Raqobatchining xarizmasi: Raqobat partiyasidan nomzod xarizmatik va milliy qahramon emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан