AQShda bir hafta ichida ishsizlar soni o‘n bir barobarga ortdi

AQShda bir hafta ichida ishsizlar soni o‘n bir barobarga ortdi

AQShda bir hafta davomida ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish uchun arizalar soni 11 martaga ko‘paydi — 14 martdagi 282 ming kishidan 21 martda 3,283 million kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat mehnat vazirligi ma’lum qildi

3,283 million so‘rov — bu AQSh uchun yangi tarixiy rekord. Avvalgisi 1982 yilda prezident Reygan davrida o‘rnatilgan edi - 695 mingta ariza.

Ishsizlik sur’atining bu qadar ortib ketishi koronavirus tufayli joriy etilgan va etilayotgan karantin rejimi bilan bog‘liq. 

Reuters'ning qayd etishicha, ushbu voqealar fonida AQSh dollari asosiy valyutalar savatchasidan tushib ketdi, biroq Amerika fond indekslari o‘sishda davom etmoqda.

Fevral oyida AQShda ishsizlik darajasi so‘nggi 50 yil ichida eng past darajada edi va 3,5% ni tashkil etdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, may oyiga qadar u 13% ga etishi mumkin - bu "Buyuk depressiya" davridan beri eng yuqori ko‘rsatkich.